00:10 / 24.07.2020
3 401

Mayk Tayson vs Roy Jons: jang kuni aniq

Mayk Tayson vs Roy Jons: jang kuni aniq
Foto: «Korrespondent»
Yaqin o‘tmish yulduzlari — Mayk Tayson va Roy Jons (Kichik) o‘rtasidagi ajoyib to‘qnashuvga oz muddat qoldi. «Temir Mayk»ning raqibi ham 2020 yilning 12 sentabrida bellashuv o‘tkazilishini ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

«Tayson bilan jang o‘tkazilishidan judayam xursandman. Doim bunga tayyor bo‘lganman, bu safar ham. Barcha ishqibozlarni o‘yinni tomosha qilishga va meni qo‘llashga chaqiraman. Bu unutilmas jang bo‘ladi», — dedi Roy Jons.

Ilgari tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, sakkiz raundli jang o‘tkazilishi mumkin.
Roy Jonsning ringdagi faoliyati 1989 yildan 2018 yilgacha davom etgan. To‘rt yo‘nalish: o‘rta, ikkinchi o‘rta, yarimog‘ir va og‘ir vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Mayk Tayson esa 1985—2005 yillardagi faoliyatida faqat superog‘ir vaznda ringga ko‘tarilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson vs Roy Jons: jang kuni aniq