19:05 / 24.07.2020
1 932

PFL Superliga 1-davrasini markazlashtirilgan holda yakunlaydigan bo‘ldi

PFL Superliga 1-davrasini markazlashtirilgan holda yakunlaydigan bo‘ldi
4-tur uchrashuvlaridan boshlab qayta tiklangan Superliganing yana 6 tur uchrashuvlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 10-tur arafasida esa jamoalarda kasallanish holatlari paydo bo‘la boshladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL iyul oyining so‘nggi o‘n kunligiga reja qilingan 10-11 tur uchrashuvlarini qoldirishga majbur bo‘ldi.

«Kuz faslining har bir oyida O‘zPFL 10 kundan muddatni milliy jamoaga berishiga to‘g‘ri keladi. Demak, umumiy yana 30 kun davomida milliy chempionat o‘yinlarini o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL vaqtdan yutqazmaslik uchun Superliganing I davrasini markazlashtirilgan holda yakunlashga qaror qildi. Rejaga ko‘ra, 3 avgustdan boshlab Superliga qayta tiklanadi hamda 15 avgust kuni I davra o‘z yakuniga yetadi. Yakshanbadan tashqari har kuni futbol uchrashuvlari o‘tkaziladi. Yakshanba kunlarida esa klublar umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Bunda har bir klub o‘zi istiqomat qiladigan ob’ektdan faqatgina mashg‘ulot va o‘yin maydonlariga o‘z avtobusida safar etadi. Klublar qarorgohi talab etilgan kunlarda muntazam dezinfeksiya qilinadi. Har bir klub joy olgan ob’ekt nazoratda bo‘lib, delegatsiya oldiga begona kishilar qo‘yilmaydi. Ikki hafta davomida futbolchilar ham boshqa yumush bilan tashqariga chiqarilmaydi
», - deyiladi PFL rasmiy xabarida.

Shuningdek, O‘zPFL O‘FA yordamida hakamlar brigadalarini ham alohida ob’ektda bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ular ham karantin qoidalariga to‘la amal qilishi ta’minlanadi. 15 avgustga qadar mamlakatdagi vaziyat yaxshilansa, O‘zbekiston kubogi uchrashuvlaridan boshlab uy-safar tizimiga qaytiladi. Bu qaror holatning qanday kechishidan kelib chiqib, qayta muhokama qilinadi.

«Markazlashgan musobaqada kuniga 3 tadan ortiq uchrashuv o‘tkazilmaydi. Bu holat nafaqat translyatsiya huquqiga egalik qiluvchi Sport-TV uchun, balki boshqa OAV uchun ham qulaylik yaratadi. Quyida uchrashuvlar taqvimi bilan tanishish imkoniyati bor. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o‘tishi masalasiga O‘zPFL kelayotgan hafta aniqlik kiritadi», deyiladi manbada.

Superliga. 10-tur
3 avgust, dushanba

NASAF — SO‘G‘DIYONA
BUNYODKOR — MЕTALLURG
OKMK — LOKOMOTIV

4 avgust, seshanba
QO‘QON-1912 — PAXTAKOR
MASH’AL — ANDIJON
QIZILQUM — BUXORO

5 avgust, chorshanba
SURXON — NAVBAHOR

11-tur
6 avgust, payshanba

SO‘G‘DIYONA — BUNYODKOR

7 avgust, juma
PAXTAKOR — NASAF
ANDIJON — OKMK
LOKOMOTIV — QO‘QON-1912

8 avgust, shanba
NAVBAHOR — MASH’AL
MЕTALLURG — QIZILQUM
BUXORO — SURXON

12-tur
10 avgust, dushanba

NASAF — BUNYODKOR
QIZILQUM — SO‘G‘DIYONA
PAXTAKOR — LOKOMOTIV

11 avgust, seshanba
OKMK — NAVBAHOR
SURXON — MЕTALLURG
QIZILQUM — SO‘G‘DIYONA

12 avgust, chorshanba
MASH’AL — BUXORO

13-tur
13 avgust, payshanba
ANDIJON — PAXTAKOR
LOKOMOTIV — NASAF

14 avgust, juma
SO‘G‘DIYONA — SURXON
NAVBAHOR — QO‘QON-1912
BUNYODKOR — QIZILQUM

15 avgust, shanba
BUXORO — OKMK
MЕTALLURG — MASH’AL.

Qayd etilishicha, 3 avgustga qadar jamoalarda bugungi kundagi vaziyat haqida yetarlicha xulosa chiqarish, kasallangan futbolchilarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni oyoqqa turg‘azishda imkoniyat bo‘ladi. 3 avgustdan boshlab esa ehtimoliy kasallanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar masalasi bilan shug‘ullanish uchun SEOA yordamida alohida komissiya tuziladi. Bunda kasallangan futbolchi bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar tarixi o‘rganiladi va ular belgilangan tartibda izolyatsiyaga olinadi. Futbolchilarga va klublar personallariga mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bir-birlaridan masofa saqlash tavsiya etiladi. Zero jamoaning keyingi natijalariga bu o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Har bir klub asosiy tarkibida 45 nafargacha futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan kelib chiqib, ehtimoliy kasallangan futbolchilar maydonga tusha olmasa, ularning o‘rni boshqa futbolchilar bilan to‘ldiriladi. Ya’ni, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan va intizomi kuchli bo‘lgan klublar bundan tabiiyki yutadi.

«O‘zPFL oson bo‘lmagan davrda futbol klublarini bir yoqadan bosh chiqarishga, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishga chaqiradi hamda futbol jamoatchiligiga salomatlik tilaydi», - deyiladi PFL xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL Superliga 1-davrasini markazlashtirilgan holda yakunlaydigan bo‘ldi