08:26 / 26.07.2020
2 926

Timur Kapadze: Shomurodov jamoasini o‘zgartirishi kerak

Timur Kapadze: Shomurodov jamoasini o‘zgartirishi kerak
“Rostov”da to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov qanday darajadagi hujumchi ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. Ayniqsa, mavsumni ajoyib tarzda boshlab, to‘purarlik salohiyatini ko‘rsatishni boshlaganida bundan barchamiz quvonganimiz rost. Ammo keyinchalik Shomurodov gol urishdan to‘xtab qoldi.

Shunga qaramay, unga xorij klublaridan takliflar borligi haqida ko‘p eshityapmiz. Shu sababli ko‘pchilik Eldor xususida turli xil fikrlarni bildirishmoqda. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ham Shomurodovning kelajagi borasida o‘zining munosabatini aytdi.

- To‘g‘risini aytsam, Eldor Shomurodov jamoasini o‘zgartirishi kerak. “Rostov” namoyish etayotgan o‘yinda u o‘zini ko‘rsata olmayapti. Ularning oxirgi 3-4 ta uchrashuvlarini ko‘rdim, jamoaviy o‘yin yaxshi tashkil etilmayapti, hujumchiga esa to‘p yetkazib berilmayapti.

Eldor ko‘proq yuguryapti va to‘p uchun kurashlarda ko‘p ishlayapti. Lekin jamoaning o‘yinida muammolar bor. Holbuki, biz Shomurodovning kuchli tomonlarini bilamiz. Lekin bir futbolchining o‘zi hech nima qila olmaydi-ku. Unga vaqtida to‘p yetkazib berilmasa, qulay vaziyatlarga ega bo‘la olmasa, qayerdan gol uradi?

Ochig‘i, “Rostov”ning o‘yini menda yaxshi taassurot qoldirmayapti. To‘g‘ri, Eldor u yerda harakat qilyapti, yuguryapti, mehnat qilyapti. Ammo ko‘pincha uning harakatlari to‘psiz bo‘lib qolyapti. Menimcha, Shomurodov o‘yin uslubiga monand yanada yaxshiroq klubda bo‘lganida bundan ham ko‘proq gollar urardi.

Hujumchimizga talab katta, undan ajoyib o‘yinlar va gollarni kutishyapti. Lekin bir o‘zi nima qilishi mumkin? Aslida karantindan keyin bir qancha jamoalar o‘z o‘yinini topa olishmadi. Rossiya chempionati ham tugadi. Agar Shomurodov Yevropaning yaxshiroq klublaridan biriga o‘tsa, bu biz uchun katta g‘urur bo‘ladi, - deydi Kapadze.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: Shomurodov jamoasini o‘zgartirishi kerak