08:45 / 27.07.2020
2 133

Andrey Kanchelskis: Pandemiya davridagi futbol, Jaloliddinov transferi va uning imkoniyatlari haqida

Andrey Kanchelskis: Pandemiya davridagi futbol, Jaloliddinov transferi va uning imkoniyatlari haqida
“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiyaning ProstoProSport saytiga intervyu berdi. Ushbu suhbat davomida tajribali murabbiy Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga o‘tgan iste’dodli futbolchi Jasur Jaloliddinov va O‘zbekiston milliy chempionati haqida ham fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Pandemiyadan keyin O‘zbekiston chempionati qanday o‘tyapti?
- Hozir bu yerda uy-safar tizimidan voz kechildi. Yaqinlashib kelayotga 4-5 turni jamoalar markazlashgan holda Toshkent shahrida o‘tkazadigan bo‘lib turibdi. Birinchi davrani juda tig‘iz jadval asosida yakunlashga to‘g‘ri kelyapti. Keyinchalik musobaqani o‘tkazish tartibi vaziyatga qarab o‘zgaradi.

- Hammasi shunchalik jiddiymi?
- Ha. Yana bir ahamiyatli jihati, hozir jamoalar muxlislarsiz o‘ynamoqda, futbolchilar mehmonxonada yashayapti va shahar bo‘ylab harakatlanish cheklangan. O‘yindan so‘ng futbolchilar darhol mehmonxonaga qaytishi lozim.

- Cheklovlar faqat O‘zbekiston birinchiligiga qo‘llanilmayotgandir?
- Ha. Oxirgi paytda hukumat qarori bilan koronavirusdan vaksina yo‘qligi uchun jiddiy cheklovlar kiritildi. Niqob va qo‘lqopsiz yurish shundoq ham xavfli hisoblanadi. Hozir karantin qoidalari yanada kuchaytirildi.

- Yaqinda “Lokomotiv” tarkibiga o‘zbekistonlik yosh yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov o‘tdi. Kelajakda u “temiryo‘lchilar” o‘yinini kuchaytirishga qodirmi?
- Jiddiy darajada o‘ynash uchun, dadil va baquvvat futbolchi bo‘lish kerak. Aksiga olib, Jaloliddinov hali yosh boladay, to‘pni olib yurishni yaxshi ko‘radi va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ham ajralib turmaydi. Menimcha, uning “Lokomotiv”ga o‘tishiga biroz erta edi.

- Unda nega “Bunyodkor” Jaloliddinovni Marko Nikolich jamoasiga qo‘yib yubordi?
- Moliyaviy masalalarni hal qilish uchun, deb o‘ylayman. “Bunyodkor”da hozir moliyaviy tomondan hammasi silliq ketyapti, deb bo‘lmaydi, o‘yinchilarga maosh to‘lanmayapti. Umuman olganda, bu transfer Jaloliddinov uchun oldinga tashlangan qadam.

- Uning kuchli tomonlari qanday?
- Jasur yetarli darajada iqtidorli o‘yinchi. Maydonda to‘pni olib yurish mahorati va yaxshi texnikasi bilan ajralib turadi. Raqibni yaxshi aldab o‘tadi.

- Jaloliddinovning agenti va “Lokomotiv”ning sobiq vitse-prezidenti Yuriy Belous uni Joau Mariudan kuchli deyapti...
- Avvalo, Rossiyaga borsin va yaxshi o‘ynasin. Hozir faqat taxmin qila olamiz. Kim kuchli ekanini mavsum ko‘rsatib beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: Pandemiya davridagi futbol, Jaloliddinov transferi va uning imkoniyatlari haqida