23:27 / 27.07.2020
2 857

Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ning tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ning tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi
Kuni kecha Toshkentdan Moskvaga uchib ketgan "Bunyodkor" futbolchisi "Lokomotiv" tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shu bilan birga yarim himoyachi Covid-19ga ham test topshirgan va barchasi a’lo chiqqan.

Ayni paytda Moskva klubining bazasida bo‘lib turgan Jasurning keyingi faoliyati "Lokomotiv" bilan bog‘lanadimi yoki ijara asosida boshqa klubga o‘tadi noma’lum. Bizga ma’lum qilishlaricha, rus "temiryo‘lchilari" "qaldirg‘ochlarga" 350 000 AQSH dollari miqdorida transfer pulini to‘lab beradi. Bu "Bunyodkor"ning so‘nggi 3 yildagi rekordi, unga qadar Shomurodov "Rostov"ga bor yo‘g‘i 100 000 yevro evaziga transfer qilingan edi.

Agar "Lokomotiv" Jaloliddinovni chempionat uchun ro‘yxatdan o‘tkazsa, u debyut o‘yinini 7 avgust kuni Rossiya Superkubogi uchun bo‘lib o‘tadigan "Zenit" - "Lokomotiv" uchrashuvida o‘tkazishi mumkin. Shu kunlarda transfer detallari bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinadi va bu haqda yana xabar beramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ning tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi