13:25 / 29.07.2020
2 617

Xorijlik mutaxassis: "Yaxshiboyevning kelajagi porloq ekaniga ishonaman"

Xorijlik mutaxassis: "Yaxshiboyevning kelajagi porloq ekaniga ishonaman"
“Shaxtyor” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub jamoasiga yangi qo‘shilib, uchta uchrashuvda raqiblar darvozasiga uchta gol urgan o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboyev haqida iliq fikrlarini bildirdi.

- Yaxshiboyev jismonan yaxshi shakllangan ajoyib futbolchi. Maydonni yaxshi ko‘ra oladi, tezligi ham bor. Men uning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. Eng muhimi, u rivojlanishdan to‘xtab qolmasligi kerak. Hozirgidek maydonga chiqib, ter to‘kib, nimaga qodirligini ko‘rsatishda davom etishi zarur.

Oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz va ularni hal qilish uchun mavsum oxirigacha Yaxshiboyevni oldik. Vaqt ko‘rsatadi, balki u bilan hamkorlikni yanada uzaytirish yo‘li topilib qolar
, - dedi Yuriy Vernidub.

Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida 12 ta gol bilan to‘purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda. Shuningdek u joriy mavsumning eng foydali futbolchisi ham hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorijlik mutaxassis: "Yaxshiboyevning kelajagi porloq ekaniga ishonaman"