16:38 / 29.07.2020
1 820

Lingard: «Krishtianu Ronaldu — futbolning Maykl Jordani»

Lingard: «Krishtianu Ronaldu — futbolning Maykl Jordani»
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingard «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi va uni basketbolchi Maykl Jordan bilan taqqosladi.

«Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida juda ko‘p narsaga erishdi. U ko‘plab klublarda bo‘lgan va bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Menimcha, u futbolning haqiqiy ramzi, u — futbolning Maykl Jordani.

Ronaldu «Manchester Yunayted»ga birinchi kelganida men 11 yoki 12 yoshda edim. Biz turli xil elementlar bilan mashqlar bajarardik, u bizga ko‘p narsalarni o‘rgatgan. O‘shanda men uni birinchi marta ko‘rgandim. Bu yerga kelganida u hali yosh va kuch-quvvatga to‘lmagan edi.

Men unga qarshi bir necha bor o‘ynaganman. U menga muammo tug‘dirdimi? Yo‘q, rostini aytsam, u unchalik yomon emasdi. Mavsum oldidan o‘tkazilgan o‘yinda, u maydonga tushib, darhol o‘z mahoratini namoyish etgandi
», — deydi Lingard.

Lingard Angliya Premer Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Avvalroq uning mavsumlar oralig‘ida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ronaldu esa A Seriyada 32 uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lingard: «Krishtianu Ronaldu — futbolning Maykl Jordani»