22:56 / 30.07.2020
2 090

Toni Fergyuson Konor Makgregorni jangga chorladi

Toni Fergyuson Konor Makgregorni jangga chorladi
Foto: Yandex Photos
Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Toni Fergyuson keyingi jangini ikki vazn toifasining sobiq chempioni Konor Makgregor yoki Dastin Porega qarshi o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi.

«Ular ikkisi ham tartibli jangchilar, ikkisi ham yaxshi. Biz barchamiz elitamiz, eng yaxshi jangchilar beshligiga kiramiz.
Kimga qarshi jang qilishimning farqi yo‘q. Agar Konorga qarshi jang qilishimni xohlasangiz — menga Konorni bering. Poreni istasangiz, bunga ham tayyorman. Keyin esa Habib — Getji bellashuvi g‘olibi bilan jang qilishga tayyorman
», — deydi Fergyuson.

Fergyuson so‘nggi jangini UFC 249 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi o‘tkazgan va texnik nokaut hisobiga yutqazgandi.
Getji va Habib o‘rtasidagi jang 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toni Fergyuson Konor Makgregorni jangga chorladi