06:30 / 31.07.2020
1 882

Irismetov O‘runovni tanqid qilganlarga keskin javob qaytardi!

Irismetov O‘runovni tanqid qilganlarga keskin javob qaytardi!
O‘z davrida “Spartak”da to‘p surgan Ja’far Irismetov jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Rossiya Premer-ligasida ishonchli o‘yin namoyish etgan Oston O‘runov haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, yaqin o‘tmishning eng zo‘r to‘p urarlaridan biri Moskvaning nomdor jamoasi Oston O‘runovni olmoqchi bo‘layotganini tanqid qilgan ekspertlarga ham keskin javob qaytardi.

- Oston O‘runovni qaysi pozitsiyasida ko‘rmoqdasiz?
- Asosan tayanch zonasida. Oltinchi raqamdagilar o‘ynaydigan joyda. Sakkizinchi raqamni vazifasini ham bajarishi mumkin. Lekin hujumchi ortida o‘ynashga qiynaladi. Chunki pas berish uning uslubi emas. U ko‘proq raqib hujumini buzadigan va o‘z jamoasi hujumini boshlaydigan futbolchi.

- Qanotni yopa oladimi?
- Uni ham eplaydi. Oston – universal, lekin mening fikrimcha qanotda uning imkoniyatlari biroz cheklanib qoladi.

- U “Spartak”da o‘ynab keta olmadimi?
- Yaqinda Oston zaif legioner deyishganini o‘qib qoldim. Hozir “Spartak”da kim kuchli ekan? Men o‘ynagan vaqtimda men bilan buyuk futbolchilar raqobatlashgan, ular Rossiyada eng zo‘rlari edi. Oston bilan Til va Kral raqobatlashadi. Ular buyuk futbolchilarmi? “Spartak” mana shu futbolchilar bilan yettinchi o‘rinni egalladi-ku.

- Ostonning xarakteri qanaqa?
- U o‘jar. Qaysarligi bor. Nimani xohlasa, erishmaguncha qo‘ymaydi. Balki, Rossiyada ulg‘ayib, o‘zgargandir. Eng muhimi, atrofida yaxshi odamlar jamlansa bo‘ldi.

- Ruschani yaxshi tushunmaydi. Bu muammomi?
- Men ruschani yaxshi bilardim, lekin bu menga yordam bermagan. U yosh yigit va tez o‘rganib oladi, deb o‘ylayman. Men sobiq Ittifoqda ulg‘ayganman, u esa umuman boshqa davlatda katta bo‘ldi.

- “Spartak” uni keyinchalik 5-10 million yevroga sota oladimi? Nima deb o‘ylaysiz?
- Vaziyat murakkab. Masalan Shomurodovga e’tibor tortish osonroq. Osiyoda tayanch yarim himoyachilari yetishmaydi. Nima bo‘lganda ham, unga joyini topib berish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Oston O‘runovning transferi bugun Rossiya futbolida eng keng muhokama qilinayotgan mavzulardan bo‘lib turibdi. 19 yoshli futbolchimiz yosh bo‘lishiga qaramay, qisqa fursat ichida “Ufa”ning yetakchisiga aylana oldi. Uning kreativ o‘yin uslubi, yakkakurashlarda ustun kelishi, jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi va driblingi ko‘plab mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Biroq ayrim ekspertlar Oston O‘runov 10 ta uchrashuv davomida gol urolmagani va golli pas bermaganini ma’lumot qilmoqda.

Umuman olganda, esa Rossiya futboli grandlari – “Spartak”, SSKA, “Lokomotiv”, “Zenit”, “Krasnodar” esa o‘z tarkibida Oston O‘runovdek futbolchini ko‘rishga qarshi emas!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Irismetov O‘runovni tanqid qilganlarga keskin javob qaytardi!