14:15 / 01.08.2020
788

Vadim Abramov: Imkon tug‘ilsa, Jaloliddinovni ijara asosida bo‘lsa ham "Bunyodkor"da to‘p surishini istardim

Vadim Abramov: Imkon tug‘ilsa, Jaloliddinovni ijara asosida bo‘lsa ham "Bunyodkor"da to‘p surishini istardim
Yaqinda “Bunyodkor”dan Moskvaning “Lokomotiv” klubiga ko‘chib o‘tgan 18 yoshli futbolchimiz – Jasur Jaloliddinovning "temiryo‘lchilar" safida qolishi yoki qolmasligi hozircha mavhum. “Loko” uni o‘z tarkibida saqlab qolishi yoki bo‘lmasa boshqa jamoaga ijaraga berib turishi ham mumkin. “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov esa Jaloliddinov xususida shunday dedi:

- Basharti imkon tug‘ilsa, biz Jaloliddinovni ijara asosida bo‘lsa ham “Bunyodkor”ga qaytarishga urinib ko‘ramiz. Hammasi endi “Lokomotiv”dagilarning istak-xohishlariga bog‘liq. O‘zimga qolsa, uni bundan keyin ham “Bunyodkor”da to‘p surishini istardim. Shak-shubhasiz hammasi endi voqealar rivoji qanday tus olishiga bog‘liq.

“Loko”dagilar 7 avgust kuni Superkubok uchun o‘yinga hozirlik ko‘rmoqda. Ular shu yo‘lda ham ushbu transferni amalga oshirishdi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, Jasurning bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishi hali mavhum. Ammo ular Jasurni kelajak rejalari yo‘lida qo‘lga kiritishdi
, - deya fikr bildirdi Vadim Karlenovich.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)