14:35 / 01.08.2020
2 427

Bugun g‘oliblar e’lon qilinadi. Shomurodov va O‘runov da’vogarlar safida!

Bugun g‘oliblar e’lon qilinadi. Shomurodov va O‘runov da’vogarlar safida!
Bugun Rossiya premer-ligasida mavsum qahramonlarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim bo‘ladi.
Unga ko‘ra, sakkizta asosiy nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarga maxsus sovrinlar topshiriladi. Nomzodlar qatorida o‘zbek legionerlari – Eldor Shomurodov va Oston O‘runov ham bor.

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning nomzodi “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasiga qo‘yilgan. Eldordan tashqari, bu ro‘yxatdan Artyom Dzyuba, Sardor Azmun, Vilmar Barrios, Duglas Santos («Zenit»), Gjegoj Krixovyak, Aleksey Miranchuk («Lokomotiv»), Nikola Vlashich (SSKA), Yevgeniy Lutsenko («Arsenal»), Daniil Fomin («Ufa»), Aleksandr Sobolev («Krilya Sovetov»/«Spartak»), Erik Bikfalvi («Ural») o‘rin olgan.

Oston O‘runov esa “Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi” nominatsiyasida Fyodor Chalov, Ivan Oblyakov, Kristiyan Bistrovich, Igor Diveyev (SSKA), Magomed-Shapi Suleymanov, Matvey Safonov, Daniil Utkin («Krasnodar»), Daniil Lesovoy («Arsenal»), Aleksandr Maksimenko («Spartak»), Maksim Glushenkov («Krilya Sovetov»), Xvicha Kvaratsxeliya («Rubin») bilan raqobatlashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun g‘oliblar e’lon qilinadi. Shomurodov va O‘runov da’vogarlar safida!