20:41 / 01.08.2020
2 566

Krishtianu Ronaldu «Oltin butsa» uchun kurashdan chiqdi

Krishtianu Ronaldu «Oltin butsa» uchun kurashdan chiqdi
Foto: Twitter
«Yuventus» klubi A Seriya so‘nggi turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Roma»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Undan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘rin olmadi. Shu tariqa portugaliyalik futbolchi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin butsa» kurashidan chiqdi. Ronalduning hisobida 31 ta gol mavjud edi.

Ayni vaqtda to‘purarlar poygasida «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile yetakchilik qilmoqda — uning hisobida 35 ta gol mavjud. Avvalroq italiyalik futbolchi «Bavariya» forvardi Robert Levandovskidan (34) o‘zib ketgandi.

Shu tariqa katta ehtimol bilan Immobile 2019/20 yilgi mavsum «Oltin butsa» sovriniga ega chiqadi. Chiro A Seriya doirasidagi 36 o‘yinda 35 ta gol urdi va o‘nta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchi gollarning 14 tasini penaltidan kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu «Oltin butsa» uchun kurashdan chiqdi