22:00 / 01.08.2020
927

"Zenit"ning ikki nafar a’zosi RPLda mavsum laureati bo‘ldi

"Zenit"ning ikki nafar a’zosi RPLda mavsum laureati bo‘ldi
“Zenit” yarim himoyachisi Xvich Kvaratsxeliya Rossiya premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
31 yoshli rossiyalik futbolchi joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 13 ta golga assistentlik qildi.

E’tiborlisi, piterliklar ustozi Sergey Semak ham RPLda eng yaxshi deb topildi.

Aytish kerakki, g‘olib RPL klublari sardorlari va murabbiylari, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov, "Match Premer" telekanali ekspertlari va OAV xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Zenit” joriy mavsum Rossiya chempionati va kubogida g‘olib chiqdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)