06:30 / 03.08.2020
2 801

Mayk Tayson: «Oilam jang qilishimga qarshi, ammo ular boks haqida nimani ham bilardi?»

Mayk Tayson: «Oilam jang qilishimga qarshi, ammo ular boks haqida nimani ham bilardi?»
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson oila a’zolari uning Roy Jonsga qarshi jang o‘tkazishiga qarshi chiqayotganini tan oldi.

«Farzandlarim qariganda jim o‘tirishimni xohlamoqda. Ammo ular bu haqida nimani ham bilardi?
Ular qanday urishish kerakligini ham bilmaydi, ularning hech biri o‘zaro jangda menga zarba bera olmaydi
», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 12 sentabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005 yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson: «Oilam jang qilishimga qarshi, ammo ular boks haqida nimani ham bilardi?»