09:50 / 04.08.2020
2 427

Zamonamizning zo‘rlari: Messi to‘purarlar poygasida Ronalduga yeta oladimi?

Zamonamizning zo‘rlari: Messi to‘purarlar poygasida Ronalduga yeta oladimi?
Yevropada kuchli beshlik chempionatlarining barchasi yakunlandi. Bir necha yillardan buyon o‘z gollari bilan muxlislarini xushnud etib, raqiblarini ranjitayotgan Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Robert Levandovski, Zlatan Ibrohimovich, Serxio Aguero kabi tajribali hujumchilar hamon aniq zarba yo‘llashda yosh raqobatchilaridan qolishmasligini isbotlab kelmoqda.

Biz vikipediya ma’lumotlari asosida faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan to‘purarlar reytingini tuzib chiqdik.

Ushbu reytingda, joriy mavsumda A Seriyada 33 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda. U faoliyatidagi gollari sonini 753 taga yetkazib oldi. Portaguliyalik yulduz bu natijaga erishish uchun 1049 ta uchrashuvda ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.

To‘purarlik borasida Ronaldu bilan tengma-teng raqobatlashishga qodir yagona hujumchi bu Lionel Messidir. "Barselona"ning argentinalik yetakchisi klublar darajasidagi barcha gollarini birgina shu jamoa tarkibida kiritgan. Messi Kataloniya klubi va o‘z mamlakati terma jamoalari safida 923 ta uchrashuvda 730 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Messining Krishtianu Ronaldudan ikki yosh kichikligi va tabiiyki, professional faoliyatini kechroq boshlaganini inobatga olib, yaqin kelajakda gol urishda portugaliyalik raqobatchisiga yetib olishi yoki undan o‘zib ketishini kutish mumkin.

Reytingni quyi qismida hujumchilar ancha tig‘iz joylashgani bois, raqobat qizg‘in bo‘ladi.

Vikipediya mutasaddilari gollarni hisoblashda futbolchilarning o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi rasmiy musobaqalarda kiritgan to‘plarini ham inobatga olgan.

Zamonamizning eng zo‘r to‘puralari va ularning natijasi bilan tanishing:
1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 753 ta gol, 1049 ta o‘yin
2. Lionel Messi («Barselona») — 730 ta gol, 923 ta o‘yin
3. Zlatan Ibragimovich («Milan») — 554 ta gol, 935 ta o‘yin
4. Robert Levandovski («Bavariya») — 493 ta gol, 768 ta o‘yin
5. Luis Suares («Barselona») — 480 ta gol, 766 ta o‘yin
6. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 430 ta gol, 774 ta o‘yin
7. Klas-Yan Xyuntelar («Ayaks») — 418 ta gol, 741 ta o‘yin
8. Edinson Kavani (PSJ) — 415 ta gol, 721 ta o‘yin

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zamonamizning zo‘rlari: Messi to‘purarlar poygasida Ronalduga yeta oladimi?