12:23 / 04.08.2020
2 883

Ajoyib transfer. O‘runov “Spartak”dan to‘g‘ri Bundesligaga ketadi!

Ajoyib transfer. O‘runov “Spartak”dan to‘g‘ri Bundesligaga ketadi!
Oston O‘runov faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Kechadan o‘zbekistonlik legioner Moskvada “Spartak” jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘ta boshlagan. Shu ikki kun ichida ko‘rik tugashi bilan hamyurtimiz va “Spartak” o‘rtasida shartnoma imzolanadi.

Rossiyaning sportsdaily.ru, soccer.ru kabi qator nufuzli saytlari tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oston O‘runov “Spartak” bilan shartnoma imzolashi bilan Bundesliganing nomi sir tutilayotgan klubiga transfer qilinadi. Bu kelishuvning summasi 5 million yevro bo‘ladi.

Bu transferlarning boshida O‘runovni Toshkentning “Lokomotiv”idan 200 ming yevro evaziga “Ufa”ga olib ketgan Shamil Gazizov turibdi. Futbolchimiz talash bo‘layotgan ayni vaqtda bu mutaxassis unga Yevropadan 5-6 millionlik aniq taklif borligini aytgan edi. Demak, bu taklif uning o‘zini qo‘lida bo‘lgan. Shamil Gazizovning kutilmaganda “Spartak”dan bosh direktor bo‘lish taklifini olgani va oxir-oqibat uni qabul qilgani O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi transferini biroz murakkab sxemada amalga oshirilishiga sabab bo‘lgani oydinlashmoqda.

Unga ko‘ra, Shamil Gazizov O‘runovni o‘zining sobiq klubidan yangi jamoasiga transfer qilib, darrov uchinchi klubga o‘tkazib yuboradi. Bundan har ikki klub foyda ko‘radi. Odatda, bunday transfer usuli FIFA tomonidan ta’qiqlangan. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli Xalqaro futbol federatsiyasi vaqtinchalik qoida kiritib, unga binoan futbolchi bir vaqtda uchta klubni almashtirishiga ruxsat beriladi.

“Spartak” Oston O‘runov uchun 2 million yevro to‘lashi aytilmoqda. Hamyurtimizning maoshi yiliga 600 ming yevro qilib belgilangan. Nemis klubi beradigan besh million yevrodan 20 foizi kelishuv bo‘yicha “Ufa”ga tegadi. Demak, boshqirdistonliklar O‘runov transferidan jami 3 million yevro ishlab oladi. Bir million yevro soliq, agentlar komissiyasi va boshqa xarajatlarga ketadi. “Spartak” esa 2 million sarflagan futbolchisini bir kunda 3 million yevroga sotadi.

Oston O‘runov transferini tahlil qilayotgan mutaxassislar yana bir variantni ilgari surmoqda. Unga ko‘ra, 19 yoshli o‘zbek futbolchining iste’dodi va salohiyatiga qattiq ishonayotgan Shamil Gazizov uni “Spartak”da o‘ynatish orqali, narxini yanada oshirib, kelasi mavsum yakunida yanada qimmatroq narxga transfer qilishi ham mumkin. Har ikki holatda ham “Spartak” moddiy tomondan yutadi.

Xullas, o‘zbek futbolchisining bundan keyingi faoliyati ham qiziq va kutilmagan voqealarga boy bo‘ladigan ko‘rinadi. Biz esa vaziyatlar rivojini kuzatib boramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ajoyib transfer. O‘runov “Spartak”dan to‘g‘ri Bundesligaga ketadi!