08:08 / 05.08.2020
1 821

UYEFA yevrokuboklar reglamentini o‘zgartirdi

UYEFA yevrokuboklar reglamentini o‘zgartirdi
Foto: «Vesti.ru»
UYEFA ijroiya qo‘mitasi yevrokuboklarning joriy mavsumi o‘yinlari reglamentini o‘zgartirdi. Bu yerda gap sariq kartochkalar 1/8 final o‘yinlaridan keyin kuchini yo‘qotishi haqida boryapti.

Shu tariqa bu yilgi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi qatnashchilari 1/8 finalning qolgan o‘yinlarida olgan sariq kartochkalar keyingi pley-offlarda hisobga olinmaydi va diskvalifikatsiyaga sabab bo‘lmaydi, deyiladi UYEFA rasmiy sayti xabarida.

Oldingi reglamentda «sariqlar» chorak finalda kuyib ketardi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi sharoitdan kelib chiqib, har ikki turnir reglamenti jiddiy o‘zgartirilgan: 1/4 va 1/2 finallar g‘oliblari bitta o‘yinda aniqlanadi. Bunday tig‘iz sharoitda sariq kartochkalarni o‘yindan-o‘yinga o‘tkazmaslikdan maqsad jamoalarga imkon qadar teng kurashish uchun sharoit yaratib berishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA yevrokuboklar reglamentini o‘zgartirdi