2 069
Niderlandiya futbol ittifoqi ayol futbolchining erkaklar jamoasida o‘ynashiga ruxsat berdi
Foto: Twitter
Niderlandiya futbol ittifoqi (KNVB) tajriba sifatida 19 yoshli ayol futbolchi Ellen Fokkemega «Foarut» klubining erkaklar jamoasida o‘ynashga ruxsat berdi.
Ayni damda Niderlandiyada 19 yoshgacha bo‘lgan aralash jamoalarga ruxsat berilgan. 19 yoshdan so‘ng qizlar A kategoriyasida o‘g‘il bolalar bilan birga o‘ynay olmaydi. Ular ayollar klublari yoki B kategoriyaga kiruvchi aralash jamoalarda o‘ynashi mumkin, xolos. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, KNVB bu taqiqni olib tashlaydi.
Niderlandiya futbol ittifoqi mazkur qoidaning olib tashlanishi ayollar jamoalari mavjud bo‘lmagan chekka hududlaridagi qizlarning sportda o‘zini ko‘rsatishiga yordam beradi degan fikrda.
««Foarut» klubida o‘ynashda davom etishimdan juda xursandman. Bu yigitlar bilan besh yoshimdan beri o‘ynab kelaman va kelasi mavsumda ular safiga qo‘shila olmasam juda alam qilardi. Bu qanday bo‘lishini bilmayman, ammo bunday tajribada qatnashayotganimdan juda xursandman», — deydi Ellen.
«Foarut» havaskor futbol klubi Niderlandiyaning to‘qqizinchi divizioni ishtirokchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi