12:09 / 05.08.2020
2 186

"Buxoro"da ruminiyalik murabbiy ish boshladi

"Buxoro"da ruminiyalik murabbiy ish boshladi
"Buxoro" murabbiylar shtabi yana bir xorijlik mutaxassis bilan kuchaytirildi.
"Buxoro" jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Jamshid Saidov o‘zining shtabiga o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan, ruminiyalik mutaxassis Augustin Chiritsani qo‘shib oldi. U jamoada doimgidek jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Ushbu murabbiy bundan avval "Bunyodkor", "Sug‘diyona" jamoalarida Sergey Lushanga yaqindan ko‘maklashgan edi . Shuningdek O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018 yil Urugvayga qarshi bahsga tayyorlashda yordam bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Buxoro"da ruminiyalik murabbiy ish boshladi