00:23 / 06.08.2020
2 070

Vadim Abramov Oston bilan munosabati va uning milliy jamoadagi kelajagi haqida

Vadim Abramov Oston bilan munosabati va uning milliy jamoadagi kelajagi haqida
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O‘runovning «Ufa»dan «Spartak»ka o‘tishiga o‘z munosabatini bildirdi.
«O‘runov bilan uning «Spartak»ka o‘tishi haqida gaplashmagandik. Uning o‘z agentlari bor. Shaxsan men uchun O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosining «Spartak»dek buyuk klub safiga o‘tishi yoqimli bo‘ldi. Umid qilamanki, bu unga foydali bo‘ladi, u esa milliy jamoa uchun naf keltiradigan o‘yinchiga aylanadi.

Oston «Spartak»da ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, munosib o‘yin namoyish etadi, deb o‘ylayman. U «qizil-oqlar» safidagi birinchi o‘zbek emas. Shunday ekan, u o‘zbekistonlik futbolchilarning munosib izdoshi bo‘lishiga umid qilaman.

Shubhasiz, uning qarorini qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, Ostonning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmasligi xavfi ham bor, buni ham inobatga olish kerak. Shunga qaramay, u o‘ziga xos iqtidorga ega va buni «Spartak»da ham ko‘rsata olsa ajoyib bo‘lardi.

Har bir narsaning plyus va minuslari bo‘ladi. Agar Oston «Spartak»da o‘yin amaliyotisiz qolib ketsa, tabiiyki O‘zbekiston milliy jamoasida uning o‘rniga boshqa futbolchi o‘ynaydi.

Oston bilan yo‘llarimiz avval kesishgan. Ammo o‘shanda olimpiya jamoasining saralash o‘yini bois, men uni milliy jamoadan olimpiyachilar safiga qo‘yib yuborgandim. U bilan hali bafurja gaplashib olganimiz yo‘q. O‘runov O‘zbekiston milliy jamoasida o‘ynaganida murabbiy men emas, Ektor Kuper bo‘lgan.

O‘runovning yosh ekanligi haqida gapiradigan bo‘lsam, hammasi oddiy. Kimdir yoshroq vaqtida porlaydi, kimgadir esa porlash payti kechroq kelishi mumkin. Bu borada oltin oraliq bo‘lmaydi. Oston «Spartak»da o‘ynab keta olsa, demak barchasi to‘g‘ri bo‘ladi. O‘ynab keta olmasa, uning katta klubga o‘tishiga hali vaqtli ekanligi haqida gapirganlar haq bo‘lib chiqadi», - deydi Vadim Karlenovich VseProSport.ru saytiga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov Oston bilan munosabati va uning milliy jamoadagi kelajagi haqida