20:23 / 06.08.2020
3 050

Italiyalik mutaxassis O‘runovga e’tibor qaratdi

Italiyalik mutaxassis O‘runovga e’tibor qaratdi
Italiyaning sport olamidagi qudratli manbalari – MondoSportivo.it, La Gazzetta dello Sport va CalcioRusso.com nashrlariga Rossiya futbol bozori haqida tahliliy materiallar tayyorlashga ixtisoslashgan italiyalik mutaxassis Mikael Braga o‘zbek futbolchisi Oston O‘runovning “Spartak” jamoasiga o‘tganiga e’tibor qaratdi.

- O‘runov – katta istiqbolli o‘yinchi. Menimcha, “Spartak” bu futbolchini olib, haqiqatan ham kuchaydi. Gazizov uni “Ufa”ga olgan edi va O‘runovning salohiyatini oldindan bilgan. Ostonda zo‘r futbolchi bo‘lib yetishish uchun barcha imkoniyat bor. Avval “Spartak” 6-7 o‘rin uchun kurashadigan jamoa, degandim. Endi O‘runov va Kokorin transferidan so‘ng ular yangi mavsumdayoq chempionlik uchun da’vogarlik qila olishiga ishona boshladim. O‘runov chempionlik uchun kurashda bu jamoani kuchaytira oladi, - dedi Mikael Braga.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis “Spartak” yangi mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etmasligi bois bor e’tiborini ichki chempionatga qaratishi va bu asosiy raqobatchilar oldida moskvaliklarga muayyan ustunliklar berishini ham alohida ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyalik mutaxassis O‘runovga e’tibor qaratdi