19:24 / 07.08.2020
2 049

Yangi mavsumda Shomurodov kiyadigan forma namoyish etildi

Yangi mavsumda Shomurodov kiyadigan forma namoyish etildi
“Rostov” dunyoga mashhur Puma firmasi klubning texnik homiyiga aylanganini e’lon qildi va ushbu kompaniya tomonidan taqdim etilgan yangi formalarni namoyish qildi.

- Klubimizda dunyodagi yetakchi sport brendlaridan - Puma bilan hamkorlik qila boshladi. Biz yangi mavsumda uy uchrashuvlarida kiyiladigan libosni namoyish qilamiz. U an’anaviy sariq rangda va turli geometrik shakllar bilan bezatilgan.

Ushbu liboslar PUMA DryCELL maxsus texnologiyasida yaratilgan. Yuqori texnologiyalar qo‘llanilgan ushbu forma, sportchi badanidagi ortiqcha namliklarni tez tortib oladi va butun o‘yin davomida futbolchiga qulaylik berib turadi
, - deyiladi klub bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yangi mavsumda Shomurodov kiyadigan forma namoyish etildi