07:00 / 08.08.2020
1 104

YECHL. Ronalduning gollari "Yuventus"ni qutqarib qola olmadi (video)

YECHL. Ronalduning gollari "Yuventus"ni qutqarib qola olmadi (video)
UYEFA Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan javob uchrashuvi yakunlandi. Unda Turinning "Yuventus" klubi o‘z maydonida "Lion" vakillarini mehmon qildi. Garchi bahs maydon egalarinning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, yakunda fransiyaliklar keyingi bosqich masalasini hal etdi.

"Yuve" safida gollarga Krishtianu Ronaldu mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona aniq zarbasi 12-daqiqada Memfis Depay tomonidan kiritildi.

Endi "Lion" jamoasi futbolchilari keyingi uchrashuvda "Manchester Siti" va "Real" jamoalari bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ma’dumot uchun, ushbu bosqichdan so‘ng o‘yinlar Portugaliyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yuventus Italiya – Lion Fransiya 2:1
Gol:
Depay (12-pen, 0:1), Ronaldu (43-pen, 1:1), Ronaldu (60, 2:1).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabo, Kuadrado (Danilo, 70), Bentankur, Pyanich (Remzi, 61), Bernardeski (Dibala, 71, Oliviyeri, 84), Iguain, Ronaldu.
Lion – Antoni Lopesh, Denayer (Andersen, 61), Marselo, Marsal, Dyubua (Tete, 90+1), Auar (Mendesh, 90+1), Kakre, Bruno Gimaraes, Korne, Toko-Ekambi (Adelaid, 67), Depay (Dembele, 67).
Ogohlantirish: Auar (24), Kuadrado (31), Dyubua (38), Depay (42), Lopesh (76), Korne (79), Kakre (88), Marsal (89).
Birinchi o‘yin: 0:1
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)