09:03 / 10.08.2020
2 299

Tedesko O‘runov haqida: Uch hafta mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchini maydonga tushira olmayman

Tedesko O‘runov haqida: Uch hafta mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchini maydonga tushira olmayman
Rossiya premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Spartak" Moskva - "Sochi" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda jamoalar 2-2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Moskvaliklar bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yindan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanida jurnalistning yangi xarid qilingan Kokorin va O‘runovni nega maydonga tushirmagani haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi:

"Menimcha, bu normal holat. Kokorinda barchangiz guvoh bo‘lganingizdek kichik jarohat bor. U biz bilan endi shug‘ullana boshladi. Umid qilamanki, tez orada uni maydonda ko‘ra olamiz.

O‘runov holati ham kundek ravshan. 3 hafta mashg‘ulotsiz qolgan futbolchini maydonga tushira olmayman. Oston koronavirusni yengib o‘tdi va tiklanishi biroz vaqt talab qiladi. Jamoaviy mashg‘ulotlarimizda ishtirok etmoqda. Uning tayyorligini sezsam, albatta maydonga tushadi
".

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tedesko O‘runov haqida: Uch hafta mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchini maydonga tushira olmayman