11:03 / 11.08.2020
2 361

Bellator sobiq chempioni: «Konor Makgregorni 2 raundga olib bormay taslim etaman»

Bellator sobiq chempioni: «Konor Makgregorni 2 raundga olib bormay taslim etaman»
Foto: UFC
Bellator promoushenining yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Maykl Chendler UFC’ning ikki divizioni sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.

«Agar bizda ham Konor kabi o‘zimizga ishonch yuqori bo‘lganda, hayot boshqacha kechishi mumkin edi. Biz olamga boshqacha nigoh bilan qarardik.
U bilan jang o‘tkazish haqida gapirsam, Konorni ikki raundga olib bormay taslim etardim.

Bu uning Neyt Diasga qarshi kechgan birinchi jangiga o‘xshash bo‘lardi: avvaliga uni charchatish kerak, qattiq zarbalar bilan titratish lozim. Juda qattiq zarbalar bilan toliqtirish kerak
», — deydi Chendler.

Eslatib o‘tamiz, Konor 2016 yilning mart oyida Neyt Diasga qarshi jang qilgan va ikkinchi raundda raqibiga taslim bo‘lgandi. Biroq o‘sha yilning avgustida irlandiyalik revansh jangida g‘alaba qozongan.
Konor Makgregor MMA’da 26 jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘olib chiqqan (20 ta muddatidan avval) va 4 bor mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bellator sobiq chempioni: «Konor Makgregorni 2 raundga olib bormay taslim etaman»