15:36 / 12.08.2020
2 449

Terma jamoa bu yil o‘ynamaydi: JCH-2022 saralash o‘yinlari keyingi yilga qoldirildi

Terma jamoa bu yil o‘ynamaydi: JCH-2022 saralash o‘yinlari keyingi yilga qoldirildi
O‘zbekiston milliy jamoasining oktabr va noyabr oylariga mo‘ljallangan JCH-2022 saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmaydi. Bu haqda «Tribuna.uz» xabar berdi.

Sayt manbasiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli, 2020 yil yakuniga qadar milliy jamoalarning rasmiy o‘yinlariga taqiq qo‘yilgan. JCH-2022 saralash o‘yinlarining barchasi 2021 yilga qoldirilgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 saralashining 2-bosqichida 13 oktabr kuni safarda Yaman bilan, 12 noyabr kuni o‘z maydonida Singapur bilan, 17 noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni bilan o‘ynashi lozim edi.

Bundan tashqari, 4 sentabr kuni Tojikiston bilan, 7 sentabr kuni Eron bilan Toshkentda o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi rejalashtirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoa bu yil o‘ynamaydi: JCH-2022 saralash o‘yinlari keyingi yilga qoldirildi