06:44 / 16.08.2020
4 186

Shahram G‘iyosov ishtirokida jang uchinchi raundda o‘z yakuniga yetdi

Shahram G‘iyosov ishtirokida jang uchinchi raundda o‘z yakuniga yetdi
Hamyurtimiz Shahram G‘iyosov AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO) raqiblik qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raund so‘nggida o‘z yakuniga yetdi. Chunki, hamyurtimiz raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘llab, jang taqdirini hal qildi va o‘z tituli hisoblanmish, WBA International kamarini himoya qildi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov dastlab meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq Roxoda koronavirus aniqlangani bois, 28 yoshli Kamposga qarshi ringga ko‘tarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov ishtirokida jang uchinchi raundda o‘z yakuniga yetdi