07:30 / 16.08.2020
2 162

«Lion» kutilmaganda «Manchester Siti»ni ham mag‘lub etdi va so‘nggi yarimfinalchiga aylandi

«Lion» kutilmaganda «Manchester Siti»ni ham mag‘lub etdi va so‘nggi yarimfinalchiga aylandi
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Chempionlar Ligasida yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisi aniqlandi.
1/8 finalda «Yuventus»ni turnirdan chiqarib yuborgan «Lion» chorakfinalda Gvardiolaning «Manchester Siti»sini ham mag‘lub etishga erishdi. Korne va Dembelening (2ta) gollari fransuzlarni keyingi bosqichga olib chiqdi. «Shaharliklar»ning yagona javob to‘pini De Bryuyne kiritdi.

Shu tariqa turnirning birinchi yarimfinalida 18 avgust kuni «PSJ» «Leypsig»ga qarshi, ikkinchi yarimfinalda 19 avgust kuni «Lion» «Bavariya» bilan to‘qnash keladi.

YECHL, bir o‘yindan iborat chorakfinal

Manchester Siti – Lion 1:3
Gollar:
De Bryuyne (69) – Korne (24), Dembele (79, 87).
Manchester Siti: Ederson, Kanselu, Uoker, Laport, Erik Garsiya, Fernandino (Mahrez, 56), Rodri (David Silva, 84), de Bryuyne, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus.
Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Denayer, Dyubua (Tete, 74), Kakre, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 70), Auar, Korne, Toko-Ekambi (Reyne, 87), Depay (Dembele, 75).
Ogohlantirishlar: Dyubua (12), Fernandino (29), Rodri (58), Marselo (64).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lion» kutilmaganda «Manchester Siti»ni ham mag‘lub etdi va so‘nggi yarimfinalchiga aylandi