21:02 / 17.08.2020
3 804

«Barselona»ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi deyarli aniq

«Barselona»ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi deyarli aniq
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniyaning «Barselona» klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin.
Bu haqda «Mundo Deportivo» nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Shartnoma ikki yil muddatga imzolanishi kutilmoqda.

16 avgust kuni Kataloniya klubi prezidenti Xosep Bartomeu amaldagi bosh murabbiy Kike ​Seten bilan shartnoma bekor qilinganini e’lon qildi. E’tiborlisi, oradan bir necha soatdan keyin Ronald Kuman Barselona aeroportida kutib olingan.

Kike Setenni jamoadan chetlatilishiga «Barselona»ning Chempionlar ligasi chorak final bosqichida «Bavariya»ga 2:8 hisobidan mag‘lubiyatga uchragani asosiy sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona»ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi deyarli aniq