22:55 / 21.08.2020
2 582

Deyan Lovren: «Ramosni ataylab urganman, chunki u do‘stim Salohni jarohatlagandi»

Deyan Lovren: «Ramosni ataylab urganman, chunki u do‘stim Salohni jarohatlagandi»
Foto: Twitter
«Zenit» himoyachisi Deyan Lovren Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda «Real» himoyachisi Serxio Ramosni tirsagi bilan urganini yodga oldi.

- "Ehtimol, Ramosni ataylab urgandirman, chunki u do‘stim Salohni jarohatlagandi. Menimcha, Ramos Muhammadni ataylab jarohatlagan, shuning uchun uning xatti-harakatlari uchun javob berish vaqti kelgandi.

«Real» bilan o‘yinda Saloh jarohat olguniga qadar biz yaxshi o‘ynayotgandik. Uning almashtirilishi katta zarba bo‘ldi. Shundan so‘ng raqib ustunlik qila boshladi.

Luka Modrich Ispaniya bilan uchrashganimizda, men va Ramos o‘rtasidagi ziddiyatni kamaytirishga urindi. Ammo men uni ataylab tirsagim bilan urib, endi oramiz ochiq ekanligini aytdim.

Ramosni futbolchi sifatida hurmat qilaman. U ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Boshqa tomondan, menga uning xulq-atvori yoqmaydi
", - deydi Deyan Lovren.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 2017/18 yilgi mavsumi finalida Ramos Muhammad Salohga jarohat yetkazgandi, shundan so‘ng Saloh o‘yinni davom ettira olmagan. Uchrashuv esa 3:1 hisobida «Real» foydasiga hal bo‘lgandi.

Foto: Getty Images

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Deyan Lovren: «Ramosni ataylab urganman, chunki u do‘stim Salohni jarohatlagandi»