11:37 / 23.08.2020
3 875

"Shaxtyor" bosh murabbiyi mag‘lubiyatdan keyin Jasur Yaxshiboyev haqida nima dedi?

"Shaxtyor" bosh murabbiyi mag‘lubiyatdan keyin Jasur Yaxshiboyev haqida nima dedi?
Belarus oliy ligasining 22-turida Soligorskning “Shaxtyor” klubi safarda “Isloch” bilan kuch sinashdi. Lekin Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotgan “Shaxtyor” 2:4 hisobida yutqazdi.

Aytish mumkinki, hamyurtimiz jamoasining ikkinchi golida assistentlik vazifasini bajardi. O‘yindan keyin esa “Shaxtyor” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub mag‘lubiyat sabablari haqida gapirar ekan, jurnalistlar tomonidan Jasur Yaxshiboyev haqida berilgan savolga ham javob qaytardi.

- Yaxshiboyev “Shaxtyor”ga o‘tganidan beri deyarli barcha burchak to‘plarini bajarmoqda, lekin har doim ham yaxshi uzatmani amalga oshirishni uddalay olmayapti. Bu masalada qandaydir ishlar olib boriladimi? Ehtimol, boshqasiga almashtirarsiz?

- Standartlar ustida biz har hafta ishlayapmiz. Bu futbolning eng muhim elementlaridan biri. Biroq buni hech qanday bosim bo‘lmaydigan mashg‘ulot chog‘ida bajarish boshqa va o‘yinda amalga oshirish boshqa. Lekin Yaxshiboyevning uzatmalarini yomon deya olmayman. U “Energetik”da ham burchak to‘plarini yomon bajarmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shaxtyor" bosh murabbiyi mag‘lubiyatdan keyin Jasur Yaxshiboyev haqida nima dedi?