22:30 / 23.08.2020
1 831

Mbappe: Tuxel yulduzlarni boshqara olmaydi deyishgandi, ammo PSJ Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi

Mbappe: Tuxel yulduzlarni boshqara olmaydi deyishgandi, ammo PSJ Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi
Foto: Eurosport
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi finali oldidan jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Futbolchilar murabbiyni qo‘llab-quvvatlaydi. U haqida ko‘p narsalarni eshitganman, misol uchun, u kiyinish xonasini boshqarmasligi, yulduzlarni qanday boshqarishni bilmasligi va yana boshqa ko‘plab shunga o‘xshash bo‘lmag‘ur gaplar... Ammo jamoa aynan u bilan klub tarixidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Barcha sovrinlarni (Fransiyada) qo‘lga kiritdik, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdik.

U barchamizni kerakli formaga olib kela oldi. Albatta, har xil narsalar bo‘lgan, ammo bu dunyodagi barcha murabbiylar bilan sodir bo‘ladi. U haqiqatan ham biz ishonadigan mutaxassis
", - deydi Kilian Mbappe.

PSJ va «Bavariya» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi final uchrashuvi 23 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Uchrashuv Lissabondagi (Portugaliya) «Estadio da Lush» stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe: Tuxel yulduzlarni boshqara olmaydi deyishgandi, ammo PSJ Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi