07:03 / 24.08.2020
2 373

Neymarning ko‘z yoshlari... «Bavariya» YECHL finalida «PSJ»ni mag‘lub etdi (video)

Neymarning ko‘z yoshlari... «Bavariya» YECHL finalida «PSJ»ni mag‘lub etdi (video)
Germaniyaning «Bavariya» klubi Chempionlar Ligasining final uchrashuvida «Pari Sen-Jermen» jamoasini 1: 0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va turnir g‘olibiga aylandi.

Lissabondagi «Da Luz» stadionida kechgan finalda yagona gol ikkinchi bo‘limda kiritildi – 59-daqiqada Kimmixning superpasidan so‘ng Kingsli Koman tomonidan kiritildi. Taqdirni qarangki, Koman aynan «PSJ» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z tarbiyalovchisi parijliklarni YECHLdagi ilk g‘oliblikdan mahrum qildi.

Uchrashuv yakunida «PSJ» yetakchisi Neymar alam ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

«Bavariya» esa o‘z tarixida oltinchi marta Chempionlar Ligasini yutdi va bu borada «Liverpul»ni quvib yetdi. Endi Germaniya va Angliya klublari turnir g‘olibligini qo‘lga kiritishda 3-o‘rinni bo‘lib turishmoqda. Oldinda Milan (7) va Real (13) bor.

PSJ — Bavariya 0:1
Gol:
Koman, 59

PSJ: Navas — Kerer, Silva, Kimpembe, Bernat (Kyurzava, 80) — Errera (Draksler, 72), Markinos, Paredes (Verratti, 65) — Di Mariya (Chupo-Moting, 80), Mbappe, Neymar.
Bavariya: Noyer — Kimmix, Boateng (Zyule, 25), Alaba, Devis — Goretska, Tiago (Tolisso, 86) — Koman (Perishich, 68), Myuller, Gnabri (Koutino, 68) — Levandovski.
Ogohlantirishlar: Paredes, Neymar, Silva — Devis, Gnabri, Zyule, Myuller.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymarning ko‘z yoshlari... «Bavariya» YECHL finalida «PSJ»ni mag‘lub etdi (video)