17:00 / 24.08.2020
2 004

Flik: “Dunyoning eng yaxshi darvozaboni bizni o‘yinda saqlab qoldi”

Flik: “Dunyoning eng yaxshi darvozaboni bizni o‘yinda saqlab qoldi”
“Bavariya” ustozi YECHL finalida PSJ ustidan qozonilgan (1:0) g‘alabadan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.
Juda tez o‘yin bo‘ldi. Imkoniyat har ikkala jamoada bo‘ldi, ammo bizda dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor, u bizni bir necha vaziyatlarda qutqardi va o‘yinda qolishimizni ta’minladi. “Bavariya” qoyilmaqom o‘yin namoyish etdi. Boisi ko‘pchilik PSJning ajoyib hujum chizig‘iga qarshi qanday himoya olinishimiz haqida savol bergandi.

Bu borada juda yaxshi ishladik. Jamoa ishga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatini namoyish etdi. Buni ko‘rish yoqimli. Joriy mavsum nihoyat Koman Riberi va Robbening soyasidan chiqa oldi. Kinglisda iqtidor juda ham yuqori, bu safar esa u gollar ura olishini ham namoyish qildi. Men g‘alabani nishonlash qachon yakuniga yetishi haqida gapira olmayman. Nimanidir yutganingda uni nishonlash — to‘g‘ri ish. Bayram kechasi bo‘lishi kerak va uning qachon tugashini esa bilmayman
”, — deydi Xans Flik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Flik: “Dunyoning eng yaxshi darvozaboni bizni o‘yinda saqlab qoldi”