10:58 / 30.08.2020
2 234

Terma jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish sodir bo‘ldi

Terma jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish sodir bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 30 avgustdan 4 sentabrga qadar Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirgan edi. O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, tarkibda o‘zgarishlar yuz bergan.

Chaqiruv olgan Xusniddin G‘ofurov va Bobur Abduxoliqov O‘zbekiston Superligasi so‘nggi tur bahslarida jarohat olganligi va yig‘inda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Shu sababli ularning o‘rniga Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”) hamda Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) mashg‘ulotlarga jalb etiladi.
Yig‘in doirasida Milliy terma jamoamiz Tojikiston vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 3 sentyabr kuni soat 19.00 da “Lokomotiv” stadionida boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish sodir bo‘ldi