14:38 / 30.08.2020
2 634

Ramzan Kadirovning 4 ta o‘g‘li bir kunda ringga chiqadi

Ramzan Kadirovning 4 ta o‘g‘li bir kunda ringga chiqadi
3 sentabr kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, shu kuni mamlakat rahbari Ramzan Kadirovning 4 ta o‘g‘li ringga ko‘tariladi. Bu haqda “Axmat” sport klubi Abuzayd Vismuradov aytib o‘tdi.

3 sentabr kuni Grozniy shahrida, Kolizey sport zali arenasida Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat hoji Kadirov xotirasiga bag‘ishlangan "Afsonalar vaqti" professional boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Arenada mamlakatimizning eng kuchli bokschilari ishtirokidagi eng ajoyib va ​​yorqin janglar bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Axmat sport klubidagi aziz jiyanlarim Ahmad, Eli, Adam va Abubakar Kadirovlar shu kuni ringga chiqadi
”, - deydi Vismuradov instagramdagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramzan Kadirovning 4 ta o‘g‘li bir kunda ringga chiqadi