19:06 / 30.08.2020
2 278

Neymar va Mbappe Messini kutyapti

Neymar va Mbappe Messini kutyapti
PSJ rahbariyati jamoasi butunligi saqlab qolish uchun Lionel Messini qo‘lga kiritishga majbur bo‘lmoqda.

Parijliklar kelajakdagi muvaffaqiyatlarini Neymar va Kilian Mbappega bog‘lagan. Biroq, har ikki hujumchida o‘ta manfaatli chorlovlar bor. Mbappe ayni paytning o‘zida “Real” va “Liverpul”dan uzoq muddatli va katta maoshli taklifga ega. Kelasi yozda uning bozori qaynashi kutilmoqda.

Neymar “Barselona”ga qaytish istagida edi. Agar Messi “Manchester Siti”ga o‘tib ketsa, braziliyalik hujumchini ham o‘sha yerga olib o‘tishga harakat qiladi va bunga erishishi mumkin.

PSJ rahbarlari agar Messi Parijga olib kelinsa, Neymar va Mbappe klub bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Qolaversa, Messining o‘zi ham ikki-uch yil yuqori saviyada to‘p surishga qodir va PSJ hujumi o‘ta kuchli hujum triosiga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar va Mbappe Messini kutyapti