20:36 / 30.08.2020
3 327

Messi muxlislariga xushxabar. Leo Bartomeuni “nokaut” qildi

Messi muxlislariga xushxabar. Leo Bartomeuni “nokaut” qildi
Lionel Messi va Jozep Bartomeu o‘rtasidagi mojaro argentinalik hujumchining g‘alabasi bilan yakunlanadigan bo‘ldi.
Bartomeu futbolchi bilan shartnomaga ishongani holda, 700 million yevro miqdoridagi badal puligina Messiga ketish imkonini berishini ta’kidlab, hujumchiga bosim o‘tkazayotgan edi. Endi klub prezidenti bu qurolidan foydalana olmaydi. U shartnomani sinchkovlik bilan o‘qimagan ko‘rinadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, shartnomada agar futbolchi jamoada so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lsa, 700 million yevro miqdoridagi badal pulini to‘lash majburiyati amal qilmasligi belgilab qo‘yilgan ekan. Agar futbolchi 2019-2020 yilgi mavsumdan so‘ng klubdan ketadigan bo‘lsa, “Barselona” 700 million yevrolik badal puliga da’vo qila olmaydi. Hozir aynan shunday vaziyat.

Demak, Messini klub bilan bog‘lab turgan yagona “arqon” ham uzildi. Argentinalik hujumchi o‘ziga ishongan holda jamoa mashg‘ulotlariga kelmasligini ma’lum qildi. Tez orada transfer bo‘yicha yangilik bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi muxlislariga xushxabar. Leo Bartomeuni “nokaut” qildi