21:46 / 30.08.2020
3 607

“Barselona” Messini tamoman sindirmoqchi

“Barselona” Messini tamoman sindirmoqchi
“Barselona” rahbariyati Messi borasida yana fikrini o‘zgartirdi. Endi klub xo‘jayinlari argentinalik hujumchini shartnoma yakunlanmaguncha o‘z safida olib qolmoqchi. Bunga Messining mavsumoldi yig‘iniga kelmagani sabab bo‘ldi.

“Barselona” Messini transfer qilishni istayotgan klublarning qo‘ng‘irog‘i va murojaatlariga umuman javob qaytarmayapti. Kataloniyaliklar argentinalik hujumchiga bo‘layotgan va bo‘ladigan har qanday taklifni rad etishga qaror qilgan.

Oldinroq, “Barsa” Messini 250 million funt evaziga “Manchester Siti”ga qo‘yib yuborishga roziligi aytilgandi. Endi Messi klubni tark eta olmasa yoki “Barsa” bilan kelishuvga erishmasa, futboldan chetda qolishi mumkin. Bir necha oy futboldan tashqarida qolgan har qanday yulduz ham qisqa fursatda yaroqsiz futbolchiga aylanib qolishi tabiiy hol.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” Messini tamoman sindirmoqchi