22:33 / 30.08.2020
2 823

Valeriy Karpin: Shomurodov bizga gollari uchun kerak!

Valeriy Karpin: Shomurodov bizga gollari uchun kerak!
“Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoasining o‘yini va futbolchilar haqida fikr bildirdi. U Shomurodov gol ura olmayotganiga haqidagi savolga ham javob berdi.

- Avvalo, nima bo‘layotganini tushunish lozim. Hozir Shomurodov o‘zining avvalgi sport formasiga yaqinlashib qoldi. O‘z navbatida, mavsumga tayyorgarlik ham pandemiya tufayli o‘tgan yilgidek bo‘lmadi. Buning ta’siri bor. O‘ylashimcha, Eldor endigina o‘z darajasiga ko‘tarila boshladi. Albatta, hujumchi gol urishi shart. Har o‘yinda qulay vaziyat yaratilyapti, lekin gol urishda oqsayapmiz. Shomurodov, avvalo, bizga gollar uchun kerak, bundan tashqari, u maydonda katta hajmdagi ishlarni bajarmoqda. Unga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas, - dedi Valeriy Karpin.

Eldor Shomurodov fevral oyidan buyon raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Valeriy Karpin: Shomurodov bizga gollari uchun kerak!