Foto: OKMK FK
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasining Coca-Cola Superliga 13-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonnomasiga binoan ikki nafar hakam Superliga o‘yinlaridan chetlatildi, deya xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.
«Buxoro» — OKMK uchrashuvida (2:2) faoliyat olib borgan bosh hakam Vadim Agishevning harakatlari o‘rganib chiqildi. Bir necha vaziyatlarda Agishev jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygani va o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuborgani aniqlandi. Shu sababli unga Superliga o‘yinlaridan chetlatilish intizomiy jazosi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yinda har ikki jamoaning ikkinchi goli vaqtida bahsli holatlar yuzaga kelgandi.
Shuningdek, «Navbahor» — «Qo‘qon-1912» o‘yini (0:1) bosh hakami Viktor Serazetdinovning ishida ham jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Uning o‘yin davomida yo‘l qo‘ygan xatolari bevosita natijaga ta’sir qilgan. Serazetdinovga nisbatan Superligadan chetlatilish va quyi ligaga tushirib yuborish intizomiy jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi