22:23 / 31.08.2020
2 454

Manchesterliklar Messining taqdimotiga tayyorlanmoqda

Manchesterliklar Messining taqdimotiga tayyorlanmoqda
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Barselonaga kelib, Lionel Messi bilan uchrashgan edi. O‘sha uchrashuvda tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan ko‘rinadi.

“Manchester Siti” argentinalik futbol yulduzining taqdimotiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ayni paytda mutaxassislar Messining faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik tayyorlamoqda. Ular videorolikda kamyob kadrlardan foydalanish maqsadida maxsus arxivlarga murojaat qildi.

Yaqinda Messi o‘zini Barselona” futbolchisi emasligini ta’kidlagan edi. Tez orada futbolchining otasi Xorxe Messi kataloniyaliklar bilan uchrashib, o‘g‘lining klubdan ketish masalasini hal qilmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manchesterliklar Messining taqdimotiga tayyorlanmoqda