23:00 / 01.09.2020
1 979

Superliga. «Paxtakor» safarda «Navbahor» bilan durang o‘ynadi

Superliga. «Paxtakor» safarda «Navbahor» bilan durang o‘ynadi
Foto: «Navbahor» FK
Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 14-turida «Paxtakor» 1 sentabr, seshanba kuni «Navbahor» maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida mehmonlar hujumlarda faol bo‘ldi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Igor Sergeyev «sherlar»ni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ham bosimni oshirdi. 73-daqiqada Aziz Turg‘unboyev namanganliklarning tezkor hujumini gol bilan yakunladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
«Paxtakor» 35 ochko bilan peshqadamlikda davom etmoqda. «Navbahor» (20) esa 7-o‘rindan joy olgan.

«Navbahor» — «Paxtakor» 1:1
Gollar:
0:1 – 12 Sergeyev, 1:1 – 73 Turg‘unboyev.

«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov, Ivan Solovyov (Akram Bahritdinov, 83), Aziz Turg‘unboyev, Sardar Telyakov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Tohirjon Shamsitdinov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Abbos G‘ulomov (Islom Isoqjonov, 46), Pavel Golishev (Ruslan Bolov, 69), Zabihillo O‘rinboyev (Islom Rashidxonov, 83).
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 80), Yegor Krimes, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 74), Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev.
Ogohlantirishlar: Ismoilov (52), Golban (54), Hamdamov (57), Hamrobekov (80).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Paxtakor» safarda «Navbahor» bilan durang o‘ynadi