07:35 / 02.09.2020
2 279

Usmon Toshev: "O‘zbekiston bilan bahsda chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz"

Usmon Toshev: "O‘zbekiston bilan bahsda chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz"
Tojikiston terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun Toshkentga yetib keldi.
Bugun Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev intervyu berdi.

"Assalomu alaykum. Yaxshi kutib olishgani uchun O‘FAga va xizmat qilayotgan yigitlarga rahmat aytaman. Biz uzoq vaqt davomida ko‘p muzokaralar o‘tkazdik. Chunki, mana shunday sharoitda uchrashuv o‘tkazmoqdamiz. Chegaradan o‘tish, kelish kabi muammolarni birgalikda hal qildik. Muhimi sog‘ va salomat yetib keldik. Bahsga odatdagidek tayyorlandik. Baribir yetti oy davomida yig‘ilmaganligimiz futbolchilarni holatidan ma’lum bo‘lmoqda. Dastlab bir hafta mobaynida Dushanbeda shug‘ullandik, muhimi kayfiyat yaxshi.

O‘zbekiston bilan bahsda chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz futbolchilarni holatini ko‘zdan kechirib olish. Tarkibda bir nechta yangi futbolchilarni ham ko‘rib olamiz. Bilasiz, bu yilgi rasmiy o‘yinlar barchasi qoldirilgan. Shu bois bizda rasmiy o‘yinlarga tayyorlanish uchun vaqt yetarli bo‘ladi. Qaysidir ma’noda O‘zbekiston bilan o‘yin kichik imtixon deyishim mumkin",- deya gap boshladi Usmon Toshev.

- Futbolchilarni xavfsizligi qay darajada ta’minlangan?
- Biz talab bo‘yicha yetib keldik. Hammasi yaxshi bo‘lishi kerak. Maska, antiseptiklar, perchatkalar hammasini bajaryapmiz. Test topshirdik, mana bugun ham qon tahlilini topshirdik. Testlarni natijasi yaxshi chiqishiga umid qilamiz.

- Ushbu uchrashuvdan nima kutmoqdasiz?
- Birinchi galda futbolchilarni ayni vaqtdagi holatini ko‘rib olish. Boshqa mamlakatlar bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishda muammolarga uchradik, reyslar, yetib borish u mamlakat bizni qabul qilishi va boshqalar. Shu sababli O‘zbekiston bilan o‘yin biz uchun qulay bo‘ldi. Mashg‘ulot bu mashg‘ulot, o‘yin bu o‘yin.

Oktabrda ham ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishni reja qilganmiz. Terma jamoa uchun albatta o‘yin kerak. Chunki, 6-7 oy yig‘in o‘tkazmaslik terma jamoalar uchun juda katta muddat. Noyabr oyida ham reja bor. Tojikistonda chempionat 4 oktabr kuni tugaydi. O‘zbekistonda esa noyabr oyining oxirida. Futbolchilarni to‘plash uchun bizda sharoit bor.

- O‘zbekiston terma jamoasinig ayni vaqtdagi tarkibi mahalliy futbolchilardan iborat...
- Kim bilan o‘ynashimizning bizga farqi yo‘q. Hozirda hamma qanday o‘ynashni yaxshi biladi. Asosiysi qanday tayyorgarlik ko‘rilgani. Mahalliy futbolchilar ham murabbiyga o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. O‘zbekistonda bizga qaraganda futbolchilar juda ko‘p. Taktikasiz o‘ynab bo‘lmaydi. O‘zbekiston terma jamoasidagi ko‘p futbolchilarni bilmasam ham ko‘rganman, ancha tezkor va kuchli futbolchilar yig‘ilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev: "O‘zbekiston bilan bahsda chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz"