13:21 / 02.09.2020
2 867

"Liverpul" futbolchisi "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

"Liverpul" futbolchisi "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
"Liverpul" xavbeki Jorjino Veynaldum katta ehtimol bilan faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli gollandiyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Biroq “Barsa” uning transferi uchun mersisaydliklarga 20 mln yevrodan ortiq pul bermoqchi emas.

Veynaldumni shaxsan “ko‘k-anor ranglilar”ning yangi bosh murabbiyi – Ronald Kuman tarkibda ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, Jorjino Gollandiya terma jamoasida aynan Kuman qo‘l ostida to‘p surgan.

Veynaldum o‘tgan mavsum “Liverpul” safida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" futbolchisi "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘ldi