21:23 / 02.09.2020
2 822

O‘runov “Spartak”da uning yo‘qligini bildirmaydi

O‘runov “Spartak”da uning yo‘qligini bildirmaydi
“Spartak”da Oston O‘runov bilan bir pozitsiyada o‘ynaydigan Gus Til faoliyatini Germaniyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Ushbu klub tarixidagi eng qimmatbaho transfer sohibi bo‘lgan niderlandiyalik yarim himoyachi Frayburg shahriga yetib bordi.

“Frayburg” 22 yoshli futbolchini ikki yilga ijaraga olish bo‘yicha moskvaliklar bilan kelishuvga erishgan. Rossiya premer-ligasining oltinchi turida "Arsenal"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 57-daqiqasida zaxiradan o‘yinga tushgan Gus Til oradan oz fursat o‘tib, oyog‘idan jarohat oldi. Uning o‘rniga o‘yinga Oston O‘runov tushirildi va bu pozitsiyada gollandiyalik jamoadoshidan qolishmasligini ko‘rsata oldi.

Gus Tilga Gollandiyaning PSV va “Feyenoord”, Shotlandiyaning “Reynjers” klublaridan taklif bor edi. Lekin futbolchining o‘ziga “Frayburg” varianti ma’qul keldi. Bu transfer oldidan Gus Til tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tishi talab etiladi. Futbolchi jarohatini uch hafta davomida davolashi kerakligi aytilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘runov “Spartak”da uning yo‘qligini bildirmaydi