00:23 / 06.09.2020
1 748

Jamshid Saidov: "Abdullayev ikki taym o‘ynay olmaydi. Yangi sardorni futbolchilarning o‘zlari tanlashdi"

Jamshid Saidov: "Abdullayev ikki taym o‘ynay olmaydi. Yangi sardorni futbolchilarning o‘zlari tanlashdi"
Coca Cola Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Jamshid Saidov qatnashdi.

"Paxtakor" O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi, yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega. Bugun mahorat o‘z so‘zini aytdi. "Paxtakor" ga OCHLda omad va muvaffaqiyatlar tilayman. Qo‘ldan kelgancha kurashishgani uchun futbolchilarimga ham rahmat deyman", - deydi Jamshid Saidov.

- Jamoa yomon o‘ynamadi. Lekin "Paxtakor"ning asosiy figuralari legionerlar hisoblanadi. "Buxoro" ham kuchli legionerlar olish uchun budjeti yetadimi?
- Birinchi davrada to‘rt nafar legioner futbolchimiz bilan xayrlashdik. Bizning moliyaviy holatimiz yomon. Legioner bo‘lganga yarasha 3-4 karra kuchliroq bo‘lishi kerak. Yosh futbolchilar o‘yindan o‘yinga sifatlarini kuchaytirib borishadi. Ikkinchi davrada legionerlarsiz o‘ynashga qaror qildik.

- Birinchi bo‘limda bor yo‘g‘i uch marta ketma-ket to‘rtta va undan ko‘p pas bera olishdi. 45 daqiqa uchun kam emasmi?
- Tayanch zonasida yosh futbolchilar harakat qilmoqda. Balki, hayajonlanishgandir. "Paxtakor" biz istagan o‘yinni o‘ynashga yo‘l qo‘ymadi. Mahorat barchasini aytib turibdi.

- Jamoa uchta goldan keyin ham 5 himoyachi bilan o‘ynashda davom etdi. Maqsad kamroq gol o‘tkazishmidi?
- Bu taktik sxemada birinchi marta to‘p tepayotganimiz yo‘q. Futbolchilarga qo‘yilgan vazifa himoyada harakat qilish va qarshi hujumlardan unumli foydalanish edi. Vaziyatlar yuzaga keldi, lekin foylalana olmadik.

- O‘tgan o‘yinlarda ham Izzatilla Abdullayev zaxiradan tushib gol urdi va almashtirildi. Bugun ham eng birinchilardan bo‘lib almashtirildi...
- Izzatilla Abdullayevning holati ikki bo‘lim o‘ynashga javob bermaydi, yaqinda jarohatdan qutuldi. Shu bois yoki zaxiradan tushadi yoki almashtiriladi.

- Bu mavsum "Buxoro"ning sardori Jasur Hasanov edi. Bu kimning qarori edi?
- Aziz Ibragimovning sardor bo‘lishini yigitlarning o‘zlari hal qilishdi. Ibragimov birinchi marta bu jamoada o‘ynamayapti. Shu bois futbolchilar sardor etib tayinlashdi.

- Bu yil Buxorodagi stadionda o‘ynay olasizlarmi?
- Yo‘q, katta ehtimol bilan o‘z stadionimizda o‘ynay olmaymiz. Mart oyida maysani ekish boshlangandi, pandemiya tufayli barcha ish cho‘zilib ketdi. Hozir chim ekilsa ham keyingi yilga tayyor bo‘ladi. Bu yildagi uy o‘yinlarimizni Muborakdagi stadionda o‘tkazishda davom etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jamshid Saidov: "Abdullayev ikki taym o‘ynay olmaydi. Yangi sardorni futbolchilarning o‘zlari tanlashdi"