17:08 / 06.09.2020
2 992

“Real”da porlagan yulduz Messining eng katta xatosini aytdi

“Real”da porlagan yulduz Messining eng katta xatosini aytdi
O‘z davrida “Real”ning eng ishongan futbolchisi bo‘lgan Ugo Sanches “Barselona” yetakchisi Lionel Messining xatosini aytdi.
- Messi ketishini e’lon qilgan vaqtda ham uning “Barselona”da qolishdan boshqa varianti yo‘q edi. Uning otasi va yuristlari rasmiy hujjat aylanmasiga xizmat qiluvchi byurofaksni yuborishiga yo‘l qo‘ymаsligi kerak edi. Bu ish Messining klubdagi obro‘sini to‘kib qo‘ydi.

Messi uchun 700 million yevro to‘lashga tayyor jamoa bo‘lmagani uchun yurofaks masalasi futbolchiga ortiqcha bosh og‘riq bo‘ldi. Agar u o‘zi aytganidek, yil davomida jamoadan ketish haqida o‘ylagan bo‘lsa, tinchgina belgilangan muddatda klub rahbariyatini bundan rasman ogohlantirishi kifoya edi. Shundagina, Leo “Barselona”dan hech qanday muammosiz ketgan bo‘lardi
, - dedi Ugo Sanches.

Klubni tark eta olmagan argentinalik hujumchi endi yangi mavsum oxirigacha “Barselona”da to‘p surishga majbur bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”da porlagan yulduz Messining eng katta xatosini aytdi