22:22 / 06.09.2020
1 947

O‘zbek professional boks tarixida yangi sahifa ochildi

O‘zbek professional boks tarixida yangi sahifa ochildi
Moskva shahrida "Shamo boxinhg" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Ravshan Mahammadjonov yoshlar o‘rtasidagi WBC jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarildi. Mazkur to‘qnashuvda bokschimizga ukrainalik Volodimir Gordiyenko raqiblik qildi.

Yurtdoshimiz garchi ikkinchi raundda o‘tkazib yuborilgan zarbadan nokdaun holatiga tushib qolgan bo‘lsa-da, o‘zida iroda topib, sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning qolgan raundlarida to‘liq ustunlikka erishib, ochkolar hisobiga ko‘ra (77-74, 77-74, 76-75) g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Mahammadjonov birinchi o‘rta vazn toifasida o‘zbek professional boks tarixida ilk bora WBC Youth kamarini qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)