09:30 / 07.09.2020
2 572

PSJga “Real”ni “sindirish” vazifasi qo‘yildi

PSJga “Real”ni “sindirish” vazifasi qo‘yildi
PSJ rahbariyati klubga xo‘jayinlik qiluvchi Qatar Investment Authority kompaniyasi xo‘jayini Abdulla Bin Muhammad Bin Saud al-Tanidan yangi topshiriq oldi.

Unga ko‘ra, parijliklar “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga uchun kurashda futbolchiga asosiy da’vogar bo‘lgan “Real”ni “sindirishi” shart. Ayni paytda hech bir jamoa joriy yozgi transferlar vaqtida 17 yoshli fransiyalik futbolchini qo‘lga kirita olmaydi. Asosiy kurash keyingi yozda bo‘ladi.

Kamavinga yangi mavsumdagi ilk xalqaro musobaqa – Millatlar ligasida Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Yosh futbolchi terma jamoaga koronavirusga chalingan Pol Pogbaning o‘rniga chaqirtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJga “Real”ni “sindirish” vazifasi qo‘yildi